Imkoniyat kengaytmasi: “Fe’l + 得 / 不 + 了”
Xitoy tilida “得了” (de liǎo) yoki “不了” (bù liǎo) fe’ldan keyin kelib, biror harakatni bajarish mumkin yoki mumkin emasligini bildiradi.
Bu tuzilma 离合词 (ajraladigan fe’llar) orasiga ham kirishi mumkin.
O‘zbekchada tarjimasi
... qila olmoq
... qila olmaslik
...ning iloji bor / yo‘q
Asosiy tuzilma
Fe’l + 得了
… qila oladi / …ning iloji bor
Fe’l + 不了
… qila olmaydi / …ning iloji yo‘q
手机没有信号,上不了网,买不了地铁票了
上 + 不了 + 网
kirmoq + qila olmaslik + internet
internetga kira olmaslik
买 + 不了 + 地铁票
sotib olmoq + qila olmaslik + metro chiptasi
metro chiptasini sotib ola olmaslik
手机没有信号 — telefonda signal yo‘q
上不了网 — internetga kira olmaydi
买不了地铁票 — metro chiptasini sotib ola olmaydi
她刚才给我发信息,说她今天来不了了
来 + 不了
kelmoq + qila olmaslik
刚才 — hozirgina
给我发信息 — menga xabar yubormoq
今天来不了 — bugun kela olmaslik
Bu yerda 来不了 — “kela olmaydi” degan ma’noni beradi.
明天的足球比赛,你们班男生参加得了吗?
参加 + 得了 + 吗?
qatnashmoq + qila olmoq + mi?
明天的足球比赛 — ertangi futbol musobaqasi
你们班男生 — sizlarning sinfdagi o‘g‘il bolalar
参加得了吗 — qatnasha oladimi?
Bu yerda 得了 harakatning bajarilishi mumkinligini so‘raydi.
Ajraladigan fe’llar bilan
得了 / 不了 ajraladigan fe’l orasiga ham kirishi mumkin.
Fe’l qismi + 得了 / 不了 + Ot qismi
Bu ham harakatni bajarishning mumkin yoki mumkin emasligini bildiradi.
Qisqa qoida
Fe’l + 得了
… qila olmoq
Fe’l + 不了
… qila olmaslik
上不了网
买不了地铁票
来不了
参加得了吗?