Taqqoslash gaplari (10): A 不比 B + Sifat
Xitoy tilida “A 不比 B + Sifat” qolipi A va B o'rtasidagi farq katta emasligini, ya'ni ular deyarli bir xil darajada ekanini bildiradi.
Bu tuzilma ko'pincha:
ikki holat bir-biriga juda yaqin ekanini ta'kidlashda;
yoki boshqa birovning fikriga qarshi chiqishda ishlatiladi.
Asosiy tuzilma
A + 不比 + B + Sifat
A, B dan unchalik ... emas
yoki
A va B deyarli bir xil
Misollar
裙子不比短裤贵多少
Tuzilishi
裙子 + 不比 + 短裤 + 贵多少
A + 不比 + B + sifat
裙子 — yubka
不比 — …dan unchalik … emas
短裤 — shortik
贵多少 — qimmatligi uncha farq qilmaydi
他的中文不比你好
Ya'ni: Uning Xitoy tili bilan sening Xitoy tiling darajasi deyarli bir xil.
Tuzilishi
他的中文 + 不比 + 你 + 好
A + 不比 + B + sifat
他的中文 — uning Xitoy tili
不比 — …dan yaxshiroq emas
你 — sen
好 — yaxshi
他跑得不比我快多少
Ya'ni: Uning yugurish tezligi menikidan uncha farq qilmaydi.
Tuzilishi
他跑得 + 不比 + 我 + 快多少
A + 不比 + B + sifat
他跑得 — uning yugurishi
不比 — …dan unchalik … emas
我 — men
快多少 — tezligi uncha farq qilmaydi
Qisqa qoida
A + 不比 + B + Sifat
Ma'nosi: A va B orasidagi farq katta emas.
Misol:
他的中文不比你好