KTVMashq varaqBlogTo'lov

“还是” va “或者” farqi

Xitoy tilida “还是” (háishì) va “或者” (huòzhě) ikkalasi ham “yoki” degan ma'noni beradi.

Lekin ular turli xil gaplarda ishlatiladi.

1. 还是 — so'roq gaplarda

“还是” (háishì) odatda so'roq gaplarda ishlatiladi.

U ikki yoki undan ortiq variantni ko'rsatib, suhbatdoshdan ulardan birini tanlashni so'raydi.

Asosiy ma'no

A yoki B?

Tuzilishi

A + 还是 + B?
我们用会议室的电脑还是自己的笔记本电脑?

Tuzilishi

会议室的电脑 + 还是 + 自己的笔记本电脑? majlis xonasidagi kompyuter + yoki + o'z noutbukimiz? 会议室的电脑 — majlis xonasidagi kompyuter 还是 — yoki 自己的笔记本电脑 — o'z noutbukimiz

Bu gapda ikki variantdan birini tanlash so'ralmoqda.

我们今天去、明天去还是后天去?

Tuzilishi

今天去 + 明天去 + 还是 + 后天去? bugun borish + ertaga borish + yoki + indinga borish? 今天去 — bugun borish 明天去 — ertaga borish 还是 — yoki 后天去 — indinga borish

Bu yerda uchta variantdan birini tanlash so'ralmoqda.

2. 或者 — darak gaplarda

“或者” (huòzhě) asosan darak gaplarda ishlatiladi.

U odatda so'roq gaplarda ishlatilmaydi.

Asosiy ma'no

A yoki B

Tuzilishi

A + 或者 + B
会议室的电脑或者自己的电脑都可以

Tuzilishi

会议室的电脑 + 或者 + 自己的电脑 + 都可以 majlis xonasidagi kompyuter + yoki + o'z kompyutering + ikkalasi ham mumkin 会议室的电脑 — majlis xonasidagi kompyuter 或者 — yoki 自己的电脑 — o'z kompyutering 都可以 — ikkalasi ham mumkin / ikkalasi ham bo'ladi
你可以坐地铁或者打车去学校

Tuzilishi

坐地铁 + 或者 + 打车 + 去学校 metroda borish + yoki + taksida borish + maktabga 坐地铁 — metroda bormoq 或者 — yoki 打车 — taksida bormoq 去学校 — maktabga bormoq

Qisqa farqi

还是

A + 还是 + B?

So'roq gapda ishlatiladi. Suhbatdoshdan tanlash so'raladi.

Misol:

你喝茶还是喝咖啡?

或者

A + 或者 + B

Darak gapda ishlatiladi. Ikki variantdan biri mumkinligini bildiradi.

Misol:

你可以坐地铁或者打车