KTVMashq varaqBlogTo'lov

Pivotal gaplar

Xitoy tilida 兼语句 (jiānyǔjù) ikki fe'lli birikmadan tuziladi.

Birinchi fe'lning to'ldiruvchisi bir vaqtning o'zida ikkinchi fe'lning egasi bo'ladi.

Ya'ni: Birinchi harakat biror odamga qaratiladi, keyin o'sha odam ikkinchi harakatni bajaradi.

Asosiy tuzilma

主语 + 请 / 让 / 叫 + 宾语 + 动词 / 动词性短语
Ega + 请 / 让 / 叫 + Odam + Fe'l / Fe'lli birikma
请qǐngiltimos qilmoq / taklif qilmoq
让ràngbiror kishiga biror ishni qildirmoq / ruxsat bermoq
叫jiàobiror kishiga biror ishni qilishni aytmoq

Muhim qoida

Ega + Fe'l₁ + To'ldiruvchi + Fe'l₂

Bu yerda to'ldiruvchi birinchi fe'lga bog'lanadi, lekin ayni paytda ikkinchi fe'lning bajaruvchisi ham bo'ladi.

Masalan: 我 + 请 + 你 + 帮个忙 men + sendan iltimos qilaman + sen + yordam ber Bu yerda 你: 请 fe'lining to'ldiruvchisi; 帮个忙 harakatining egasi.

Misollar

我想请你帮个忙
我wǒmen
想请xiǎng qǐngiltimos qilmoqchiman
你nǐsen
帮个忙bāng ge mángyordam bermoq

Bu yerda 你 birinchi fe'lning to'ldiruvchisi va ikkinchi harakatning bajaruvchisi.

王老师让我们说中文
王老师Wáng lǎoshīWang ustoz
让ràngbiror kishiga biror ishni qildirmoq
我们wǒmenbiz
说中文shuō ZhōngwénXitoy tilida gapirmoq
Bu yerda 我们: 让 fe'lining to'ldiruvchisi; 说中文 harakatining egasi.
妈妈叫孩子们回家
妈妈māmaona
叫jiàoaytmoq / buyurmoq
孩子们háizimenbolalar
回家huí jiāuyga qaytmoq
Bu yerda 孩子们: 叫 fe'lining to'ldiruvchisi; 回家 harakatining egasi.

Qisqa qoida

主语 + 请 / 让 / 叫 + 宾语 + 动词

Ma'nosi: biror odamdan biror ishni qilish so'raladi, unga aytiladi yoki qildiriladi.

请你帮个忙 — sendan yordam so'ramoq 让我们说中文 — bizga Xitoy tilida gapirishni aytmoq 叫孩子们回家 — bolalarga uyga qaytishni aytmoq