KTVMashq varaqBlogTo'lov

Modal fe'l “会”

Xitoy tilida “会” (huì) fe'ldan oldin kelib, biror ishni o'rganish orqali bilish yoki qila olish ma'nosini bildiradi.

Ya'ni odam bu ishni oldin o'rgangan va endi uni bajara oladi.

O'zbekchada ko'pincha “... qila olmoq” yoki “...ni bilmoq” deb tarjima qilinadi.

Tasdiq shakli

Ega + 会 + Fe'l
我会做面条儿
我wǒmen
会huìqila olmoq
做zuòtayyorlamoq / pishirmoq
面条儿miàntiáorlag'mon

Bu yerda 会 odam bu ishni bilishini bildiradi.

Inkor shakli

Ega + 不会 + Fe'l
我不会做菜
我wǒmen
不会bú huìqila olmayman / bilmayman
做zuòtayyorlamoq / pishirmoq
菜càitaom

Bu yerda 不会 biror ishni bajarish ko'nikmasi yo'qligini bildiradi.

So'roq shakli

Ega + 会 + Fe'l + 吗?
你会做饭吗?
你nǐsen
会huìqila olmoq / bilmoq
做zuòtayyorlamoq / pishirmoq
饭fànovqat
吗ma…mi

Bu yerda 会 ovqat pishirishni o'rganib, shu ishni qila olish qobiliyatini bildiradi.