KTVMashq varaqBlogTo'lov

Oddiy yo'nalish kengaytmasi “来 / 去”

Xitoy tilida Fe'l + 来/去 birikmasi harakatning qaysi yo'nalishda bajarilayotganini ko'rsatadi:

来 (lái): Harakat so'zlovchi (gapirayotgan odam) tomonga yo'naltirilgan.

去 (qù): Harakat so'zlovchidan uzoqlashayotgan yo'nalishda bajarilmoqda.

Ko'p ishlatiladigan fe'llar: 上 (chiqmoq), 下 (tushmoq), 进 (kirmoq), 出 (chiqmoq), 回 (qaytmoq), 过 (o'tmoq), 起 (ko'tarilmoq), 买 (sotib olmoq), 带 (olib kelmoq/ketmoq), 搬 (tashimoq/ko'chirmoq).

1. Asosiy grammatik tuzilish

Fe'l + 来 / 去
我们在楼上等你呢,你上来吧
So'zlovchi yuqori qavatda (楼上).
谁在外边?你出去看看吧
So'zlovchi ichkarida (屋里).
汉语书你带来了吗?
So'zlovchi tomon olib kelish.
那边树多,我们过去坐一下吧
So'zlovchidan uzoqroqqa o'tish.

2. O'rin-joy otlari bilan (Joy nomi kelganda)

Joy nomi har doim 来 / 去 so'zidan OLDIN kelishi shart!

Fe'l + Joy nomi + 来 / 去
小狗下楼来吃东西
老师进教室来上课
朋友回家去了
我上楼去

3. Buyum / Narsa otlari bilan

Narsa/buyum otlari 来 / 去 so'zidan OLDIN ham, KEYIN ham kelishi mumkin.

A tuzilish: Fe'l + Narsa + 来 / 去
B tuzilish: Fe'l + 来 / 去 + Narsa
明天要带作业来
帮我买来点儿面包
你搬这把椅子去吧
这次旅游,我想带去这本书