KTVMashq varaqBlogTo'lov

Vaqtni ko'rsatish: “半”, “刻” va “差”

Xitoy tilida aniq vaqtni (soatni) aytishda daqiqa (分) sonlaridan tashqari 半 (bàn — yarim), 刻 (kè — chorak/15 daqiqa) va 差 (chà — kam) so'zlaridan ham keng foydalaniladi:

半 (bàn): 30 daqiqa yoki yarim soatni bildiradi.

刻 (kè): 15 daqiqani (bir chorakni) bildiradi.

差 (chà): Biror soatga nechadir daqiqa yoki chorak kam ekanligini ifodalaydi.

Grammatik tuzilish

Yarim (30 daqiqa): Soat + 点 + 半
Chorak: Soat + 点 + 一刻 (15 daqiqa o'tdi) / Soat + 点 + 三刻 (45 daqiqa o'tdi)
Kam: 差 + Daqiqa / Chorak + Bo'ladigan Soat + 点

Eslatma: “一刻” va “一刻钟” o'rtasidagi farq

一刻 (yí kè) — Aniq soat vaqtini aytishda ishlatiladi (masalan: 12:15). 一刻钟 (yí kèzhōng) — Vaqt davomiyligini (15 daqiqa davom etganini) ko'rsatish uchun ishlatiladi.

Misollar

一点半
十二点一刻
十二点三刻 / 差一刻一点
差五分十二点
我等了一刻钟